Xizmat tavsifi
“Yagona xabardor qilish” axborot tizimi (SMS-xabarnoma) — fuqarolar va davlat organlari o‘rtasidagi axborot almashinuvini markazlashgan, tezkor va shaffof tarzda ta’minlovchi yagona xabardor qilish tizimi.
Texnik xususiyatlari
- SMS (Short Message Service) serveri — klaster asosidagi, yuqori yuklama sharoitida barqaror ishlovchi platforma;
- Ma’lumotlarni saqlash tizimi — SMS xabarlari va xizmat ma’lumotlarini ishonchli saqlash uchun alohida infratuzilma;
- Apparat-dasturiy majmua — SMS formatidagi ma’lumotlarni qabul qilish, ishlov berish va qayta ishlash uchun o‘ziga xos ma’lumotlar bazasiga ega;
- SMS yuborish platformasi — xabarlarni mobil operatorlar orqali manzillarga yetkazib berishni ta’minlaydi;
- Navbatlar serveri va tarmoq infratuzilmasi — xizmatlarning yuqori tezlikda ishlashini ta’minlash, aloqa kanallari va tarmoq uskunalari yuklamalarini samarali taqsimlashga mo‘ljallangan texnik vositalar majmui.
Faoliyat asosi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-sonli qarori.
Faoliyat maqsadi
- xabardor qilishning yagona va markazlashgan mexanizmini yaratish;
- fuqarolarning o‘z fuqarolik burchlarini o‘z vaqtida bajarishini qo‘llab-quvvatlash;
- davlat organlari va idoralari bilan o‘zaro hamkorlik samaradorligi va shaffofligini oshirish;
- respublika fuqarolari hamda xorijda bo‘lgan chet elliklarni tezkor xabardor qilish;
- bildirishnomalar mazmunini ESU bildirishnomalari ma’lumotlar bazasiga avtomatlashtirilgan tarzda kiritish va qayta ishlash;
- xabarlarning manzillarga yetkazilishini ta’minlash hamda yetkazilganlik holatini texnik nazorat qilish;
- davlat organlarining fuqarolar bilan muloqotidagi samaradorlik va ochiqlikni oshirish.
Tizimdagi ma’lumotlar soni: 1000 dan oshiq SMS-xabarnomalar xizmatlari, 22 ta alfa nom (jo‘natuvchi nomi).
Xizmatlar
- SMS eslatma va xabarnomalar yuborish xizmati — fuqarolarga muhim voqea, muddat va majburiyatlar bo‘yicha tezkor SMS eslatma va xabarnomalarni avtomatik yuborishni ta’minlaydi.
- JSHSHIRni telefon raqami bilan moslashtirib SMS yuborish xizmati — mobil operatorlar ma’lumotlar bazalaridagi JSHSHIR va telefon raqamlari mosligi asosida xabarnomalarni aniq manzillarga yetkazishni ta’minlaydi.
- JSHSHIR va abonent telefon raqami mosligini tekshirish xizmati — mobil operatorlar ma’lumotlar bazalari orqali JSHSHIRning abonent telefon raqamiga mosligini tekshirish imkonini beradi.
Integratsiya qilingan mobil operatorlar
- Ucell (“Coscom” MChJ)
- MobiUz (“UMS” MChJ)
- HUMANS (“HUMANS” MChJ)
- UzMobile (“O‘zbektelekom” AK “O‘zmobile” filiali)
- Beeline (“Unitel” MChJ)
- Perfectum (“Rubicon Wireless Communication” MChJ)
API orqali SMS-xabar yuborish uchun mijoz axborot tizimlarini integratsiya qilish imkoniyati: cheklanmagan.
Asosiy imkoniyatlar: abonentlarga SMS-xabarlar yuborish; SMS-xabarlarning yetkazilish statusini olish.
Imtiyozli tarif
Amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda davlat organlari va tashkilotlari uchun qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PQ-162-son qaroriga muvofiq tasdiqlangan tariflar:
| T/r | Nomi | Birlik narxi QQS bilan (so‘m) |
|---|---|---|
| 1.1 | Beeline (“Unitel” MChJ) | 120,00 |
| 1.2 | UzMobile (“O‘zbektelekom” AK) | 38,40 |
| 1.3 | mobiuz (“UMS” MChJ) | 36,00 |
| 1.4 | Humans (“HUMANS” MChJ) | 66,00 |
| 1.5 | Perfectum Mobile (“Rubicon Wireless Communication” MChJ) | 60,00 |
| 1.6.1 | Ucell (“Coscom” MChJ) — 0 dan 5 000 000 gacha | 162,00 |
| 1.6.2 | Ucell (“Coscom” MChJ) — 5 000 001 va undan yuqori | 129,60 |
| 2 | Bitta harfli qisqa raqam (alphanumeric) — bir martalik to‘lov | 600 000,00 |
| 3 | Bitta harfli qisqa raqam (alphanumeric) — oylik abonent to‘lovi | 1 019 005,57 |
Imtiyozsiz (tijorat) tarif
Nodavlat tashkilotlar hamda xizmatlardan tijorat maqsadlarida foydalanuvchi boshqa subyektlar uchun qo‘llaniladi.
| T/r | Nomi | Birlik narxi QQS bilan (so‘m) |
|---|---|---|
| 1.1 | SMS — 0 dan 100 000 gacha | 100,00 |
| 1.2 | SMS — 100 001 dan 500 000 gacha | 95,00 |
| 1.3 | SMS — 500 001 va undan yuqori | 90,00 |
| 2 | Bitta harfli qisqa raqam (alphanumeric) — bir martalik to‘lov | 600 000,00 |
| 3 | Bitta harfli qisqa raqam (alphanumeric) — oylik abonent to‘lovi | 1 019 005,57 |
Iqtisodiy bo‘lim xodimlari bilan aloqa: +998 55-501-36-06 (1065)
Integratsiya uchun zarur hujjatlar
- Integratsiya uchun ariza.
- Yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tganlik guvohnomasi nusxasi.
- Mas’ul shaxsning aloqa ma’lumotlari.
Ulanishga tayyormisiz?
Ariza yuboring — bir ish kuni ichida siz bilan bog'lanamiz.