XizmatlarAxborot platformasi

Raqamli ma'lumotlar platformasi

Davlat ma’lumotlariga tijorat asosida kirish platformasi.

Xizmat tavsifi

Asosiy faoliyat yo‘nalishlari:

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PQ–113-son “Davlat xizmatlarini raqamlashtirish tamoyillarini joriy etish orqali aholiga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sifatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ–357-son “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq;
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-sentabrdagi elektron hamkorlik va axborot almashinuvi mexanizmlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan qaroriga muvofiq.

Davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari hamda ma’lumotlar bazalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar idoralararo elektron hamkorlikni ta’minlash maqsadida Idoralararo integratsiyalashuv platformasi (IIP) orqali bepul asosda, tijorat maqsadlarida foydalanish uchun esa Raqamli ma’lumotlar platformasi (RMP) orqali pullik asosda taqdim etiladi.

Integratsiya xususiyatlari

Raqamli ma’lumotlar platformasi elektron hukumat tizimi subyektlari o‘rtasida elektron o‘zaro hamkorlikni tashkil etish uchun mo‘ljallangan alohida platforma hisoblanadi.

So‘rovlar soniga qarab buyurtmachidan Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq bazaviy hisob-kitob summasining 0,1 foizidan 2 foizigacha miqdorda komissiya undiriladi. Komissiya miqdori kelishuv asosida belgilanadi.

Yuqorida ko‘rsatilgan Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq, tushumlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:

  • 25 % — axborot resurslarini taqdim etuvchi davlat organlari va tashkilotlariga;
  • 25 % — Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markaziga;
  • 10 % — Davlat unitar korxonasi huzuridagi Kiberxavfsizlik markaziga;
  • 10 % — O‘zbekiston Respublikasi Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markaziga;
  • qolgan qismi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga yo‘naltiriladi.

Texnik bo‘lim xodimlari bilan aloqa: +998 55 501 36 36 (1082)

Ulanish shartlari

  1. Foydalanuvchi platformaga ulanish uchun tasdiqlangan arizani to‘ldiradi va uni aloqa operatoriga taqdim etadi.
  2. Ulanish to‘g‘risidagi qaror operator tomonidan belgilangan talablar asosida ariza ko‘rib chiqilgandan so‘ng qabul qilinadi.
  3. Operator va foydalanuvchi o‘zaro kelishgan holda texnik yo‘riqnoma ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
  4. Zarurat bo‘lganda, operator foydalanuvchini VPN-kanallar orqali ulaydi.

Tariflar

Hisobot davrida muvaffaqiyatli qayta ishlangan so‘rovlar soniga qarab, har bir so‘rov narxi quyidagi jadval asosida belgilanadi:

T/rHisobot davrida muvaffaqiyatli qayta ishlangan so‘rovlar soniBitta so‘rov narxi (QQSsiz, bazaviy hisob-kitob summasidan)
10 – 2502,00
2251 – 5001,00
3501 – 1 0000,90
41 001 – 5 0000,80
55 001 – 10 0000,70
610 001 – 15 0000,50
715 001 – 25 0000,40
825 001 – 50 0000,30
950 001 – 100 0000,20
10100 001 – 250 0000,15
11250 001 va undan ortiq0,10

Izoh: hisobot davri bo‘yicha so‘rovlarning umumiy qiymati hisobot davrining oxirgi kunida amalda bo‘lgan bazaviy hisob-kitob summasi va QQSdan kelib chiqqan holda hisoblanadi.

Iqtisodiy bo‘lim xodimlari bilan aloqa: +998 55 501 36 36 (1104)

Integratsiya uchun zarur hujjatlar

  1. Integratsiya bo‘yicha ariza.
  2. Yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi.
  3. Shaxsiy ma’lumotlar bazasining Yagona reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi (https://pd.gov.uz, https://my.gov.uz/ru/service/1135).

Ulanishga tayyormisiz?

Ariza yuboring — bir ish kuni ichida siz bilan bog'lanamiz.