XizmatlarIdentifikatsiya

OneID

Davlat xizmatlari uchun yagona identifikatsiya tizimi.

Xizmat tavsifi

OneID — bu “Raqamli hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash bo‘yicha yagona axborot tizimi bo‘lib, davlat va nodavlat tashkilotlarning axborot tizimlariga xavfsiz va qulay kirishni ta’minlaydi hamda davlat, ta’lim, bank, tijorat va boshqa turdagi xizmatlardan elektron interaktiv shaklda foydalanish imkonini yaratadi.

Integratsiya xususiyatlari

  1. Qo‘llaniladigan protokollar — SSO, OAuth 2.0.
  2. O‘zaro hamkorlik arxitekturasi — RESTful API.
  3. Ma’lumot almashish formati — JSON.
  4. O‘zaro aloqa kanali — internet tarmog‘i yoki VPN-kanal.

Texnologik yo‘riqnoma: ↗

Texnik bo‘lim xodimlari bilan aloqa: +998 55-501-36-06 (11-18, 10-90)

Ulanish shartlari

  1. Davlat tashkilotlari uchun — bepul asosda.
  2. Nodavlat tashkilotlar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun — to‘lovli (shartnoma asosida).

Tariflar

OneID tizimiga ulanish uchun bir martalik to‘lov — 2 BHM.

* BHM — O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan bazaviy hisoblash miqdori.

Tarif nomiOneID orqali muvaffaqiyatli avtorizatsiyalar soniBitta muvaffaqiyatli avtorizatsiya narxi (QQS bilan)Oylik abonent to‘lovi
Basic1 – 10 000161–
Standart10 001 – 50 000136–
Business50 001 va undan ortiq110–
EnterpriseCheklanmagan–70 000 000

Izoh

  1. Mazkur tariflar xo‘jalik yurituvchi subyektning har bir axborot tizimi uchun alohida qo‘llaniladi.
  2. Hisob-kitob davri kalendar oyini o‘z ichiga oladi. Muvaffaqiyatli avtorizatsiyalar soni hisob-kitob davri bo‘yicha aniqlanadi.
  3. Tariflar shartnoma tuzilgan hisob-kitob davridan keyingi davrdan boshlab qo‘llaniladi.
  4. Xizmatlar qiymati o‘zgargan taqdirda, tijorat tariflariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Tijorat shartnomasi namunasi: ↗

Iqtisodiy bo‘lim xodimlari bilan aloqa: +998 55-501-36-06 (10-74, 10-73)

Integratsiya uchun zarur hujjatlar

  1. Integratsiya bo‘yicha ariza.
  2. Yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi.
  3. Shaxsiy ma’lumotlar bazasining Yagona reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi (https://pd.gov.uz / https://my.gov.uz/ru/service/1135).

Ulanishga tayyormisiz?

Ariza yuboring — bir ish kuni ichida siz bilan bog'lanamiz.