XizmatlarIT infratuzilma

Ma'lumotlar bazasi

Sertifikatlangan ma’lumotlar markazida server quvvatlari.

Xizmat haqida

Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi (Data Center) — davlat organlari, byudjet tashkilotlari va yuridik shaxslar axborot tizimlarini joylashtirish, saqlash va uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun mo‘ljallangan markazlashgan infratuzilma yechimlari majmuasi.

Xizmatlar shartnoma asosida taqdim etiladi.

Taqdim etiladigan xizmatlar

  • Virtual Data Center (VDC) — korporativ va byudjet tashkilotlari uchun virtual server infratuzilmasi. Hisoblash resurslari, ma’lumotlarni saqlash, tarmoq va himoya xizmatlari taqdim etiladi.
  • Co-location — buyurtmachining server va tarmoq uskunalarini Data Center hududida joylashtirish. Elektr ta’minoti, sovutish, internetga ulanish va infratuzilma barqarorligi ta’minlanadi.
  • Ajratilgan serverlar (Dedicated Servers) — foydalanuvchining to‘liq ixtiyorida bo‘lgan alohida fizik serverlar.
  • Texnik qo‘llab-quvvatlash — axborot tizimlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun texnik xizmatlar. Qo‘llab-quvvatlash mutaxassislar tomonidan 24/7 rejimida amalga oshiriladi.

Xizmatning asosiy xususiyatlari

  • Ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashtiriladi.
  • Davlat axborot tizimlari va axborot xavfsizligi talablariga mos keladi.
  • Muhandislik va texnologik infratuzilmaning uzluksiz ishlashi ta’minlanadi.

Kimlar uchun mo‘ljallangan

  • Korporativ tashkilotlar
  • Byudjet tashkilotlari

Iqtisodiy bo‘lim xodimlari: +998 55-501-36-06 (ichki 1065)

Integratsiya uchun zarur hujjatlar

  1. Integratsiya bo‘yicha ariza.
  2. Yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi.
  3. Mas’ul shaxsning kontakt ma’lumotlari.

Ulanishga tayyormisiz?

Ariza yuboring — bir ish kuni ichida siz bilan bog'lanamiz.